o‘z
RU
DE
Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlar o‘rtasida mutolaa muhitini yanada kengaytirish maqsadida ezgu tashabbus amalga oshirildi.

2026-yil 8-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markaziga 197 nusxadagi turli yo‘nalishdagi kitoblar beg‘araz topshirildi.
Mazkur kitoblar kutubxona fondini yanada boyitib, kitobxonlar uchun yangi bilim va ma’lumotlar manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
