Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola

Joriy yilning 12-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida tashkil etilgan kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh kitobxonlarda katta qiziqish uygʻotdi.
 
 
 
Mazkur koʻrgazmada oila muhitida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ayniqsa onaning farzand tarbiyasidagi oʻrni va kitobga boʻlgan mehrini bolaga singdirish gʻoyasi keng yoritildi. Koʻrgazmada bolalar tarbiyasi, oilaviy mutolaa madaniyatiga oid kitoblar namoyish etildi.
 
Bibliografik sharh jarayonida mutaxassislar tomonidan kitoblarning mazmun-mohiyati, ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
 
Ushbu koʻrgazma oilaviy kitobxonlikni targʻib etish, onalar va bolalarda kitobga boʻlgan muhabbatni yanada oshirishga xizmat qildi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр