o‘z
RU
DE
“Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola”
Joriy yilning 22-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan “Kitobxonlik oiladan boshlanadi: Kitobxon ona – kitobxon bola” mavzusida kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.

Tadbir doirasida kitob koʻrgazmasi tashkil etilib, oilada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, farzandlarda mutolaa koʻnikmasini shakllantirish hamda onalarning tarbiyadagi oʻrni yoritilgan adabiyotlar namoyishga qoʻyildi.
Bibliografik sharh davomida taqdim etilgan kitoblarning mazmuni va ularning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida qisqacha maʼlumotlar berildi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
