Koʻchma kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Joriy yilning 4-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi hamda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi oʻrtasida koʻchma kutubxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
 
 
Mazkur hamkorlik kitobxonlikni keng targʻib etish, aholiga, ayniqsa chekka hududlarda yashovchi fuqarolarga axborot-resurs xizmatlarini yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Koʻchma kutubxona orqali kitoblar va bilim manbalari endilikda yanada keng ommaga yetkaziladi.
 
Ushbu tashabbus aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy muhitni mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadamlardan biridir.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр