Lashkarbegi” mahallasiga tashrif

 Joriy yilning 15-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Lashkarbegi” mahallasiga tashrif buyurishdi.

 Tashrif davomida “Butunjahon oila kuni” munosabati bilan “Baxtli oila — baxtli kelajak” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda oilada kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarni maʼnaviy barkamol etib tarbiyalash hamda oila qadriyatlarini mustahkamlash borasida suhbat va tavsiyalar olib borildi.

Shuningdek, tadbir doirasida oila, tarbiya va maʼnaviyatga oid adabiyotlardan iborat kitob ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi.

 Ushbu uchrashuv mahalla aholisi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qildi.

 

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр