"Mahmudxo‘ja Behbudiy — jadid maktablari asoschisi"

"Mahmudxo‘ja Behbudiy — jadid maktablari asoschisi"

Joriy yilning 26-may kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida buyuk ma’rifatparvar, jadidchilik harakati yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada Behbudiyning hayoti, jadid maktablarini tashkil etishdagi xizmati, matbuot faoliyati hamda uning qimmatli asarlari haqida kitoblar va tarixiy manbalar namoyish etildi. Bu ko‘rgazma yosh kitobxonlar uchun o‘z tarixini chuqurroq anglash, ma’naviy o‘sish va ilmga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Koʻrgazmaga qiziqgan barcha kitobsevarlarni Mirzo Ulugʻbek tuman-axborot markazimizda kutib qolamiz.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр