o‘z
RU
DE
“Ma’naviyat marafon”
2023 yil 9 noyabr kuni
“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak Vatanimiz!” g‘oyasi asosida, “Ma’naviyat marafon” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari “Yosh kitobsevarlar” klubi a’zolari bilan birgalikda, S.Yesenin uy-muzeyiga tashrif buyurishdi. Tarixchi va o‘lkashunos olim B.Golender tomonidan o‘tkazilgan ekskursiya davomida kitobxonlar shoir hayoti, shuningdek, Toshkentda bo‘lgani haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad yosh kitobxonlar ma`naviyatini yuksaltirish, shuningdek, kitobxonlarni O‘zbekistonga tashrif buyurgan jahon adabiyoti klassiklariga bo‘lgan qiziqishini oshirish va rivojlantirish, milliy madaniyat va boshqa mamlakatlar madaniyatiga qiziqish va hurmatlarini tarbiyalashga qaratilgan.