Metodik va amaliy yordam

Joriy yilning 4-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligiga tashrif buyurib, metodik va amaliy yordam koʻrsatdilar.
 
 
Tashrif davomida axborot-kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, xizmatlar sifatini oshirish hamda kitobxonlikni keng targʻib etish borasida zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlash va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
 
Mazkur tashrif hududda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirish hamda aholiga sifatli axborot xizmatlarini koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр