“Milliy qadriyatlarimiz — bebaho boyligimiz”

Joriy yilning 21-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlarimiz — bebaho boyligimiz” nomli burchak navbatdagi yosh foydalanuvchilarga tanishtirildi.

 

 Tanishtiruv davomida yosh foydalanuvchilarga xalqimizning asrlar davomida shakllangan milliy urf-odatlari, an’analari, ma’naviy merosi va qadriyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, burchakdan o‘rin olgan milliy qadriyatlarimizga oid adabiyotlar tavsiya qilindi.

 Yoshlar bilan suhbat davomida milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan qolgan bebaho merosni chuqur o‘rganish va uni kelajak avlodga yetkazish har birimizning muhim vazifamiz ekani ta’kidlandi.

Burchak orqali yosh foydalanuvchilarning milliy o‘zlikni anglash, tariximiz va ma’naviy merosimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр