“Milliy uyg‘onish harakatining rahbari — Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomli kitob ko‘rgazmasi

 Joriy yilning 29-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Milliy uyg‘onish harakatining rahbari — Mahmudxo‘ja Behbudiy” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
 
 Ko‘rgazmada Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar hamda ma’rifiy manbalar namoyish etildi.
 
 Koʻrgazmaning asosiy maqsadi yosh avlodga jadidchilik harakati namoyandalarining bebaho merosini tanitish, Behbudiyning milliy ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlarini keng targ‘ib etishdan iborat.
 
 Ushbu kitob koʻrgazmasiga qiziqgan barcha kitobxon va foydalanuvchilarni Mirzo Ulugʻbek tuman AKMda kutib qolamiz.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр