“Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati”

2023 yil 16 noyabr kuni

Toshkent davlat madaniyat institutida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan kutubxonachilik fakulteti talabalari uchun “Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati” taqdimoti namoyish etildi. Tadbir davomida talabalar AKM faoliyatining turli yo‘nalishlari, kutubxona tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va o‘zlarining bo‘lajak kasblari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbirdan maqsad kutubxona ishi jarayonlari bilan tanishtirish va Mirzo Ulug‘bek tuman AKM negizida kutubxona fakulteti talabalariga uslubiy yordam ko‘rsatishda kelgusida o‘zaro hamkorlik qilishdan iborat.

 

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi