o‘z
RU
DE
Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 12 yanvar 2024 yilda 211-sonli maktabda “Vatan himoyachilari kuni” mavzusidagi “Mardlik darsi” tadbirida ishtirok etdi.
Ushbu tadbirning tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Tadbir davomida 3 “b” sinf o‘quvchilari bayramning qisqacha tarixi bilan tanishdilar.
AKM mutaxassislari tomonidan ushbu mavzu bo‘yicha kitoblar namoyish etildi. Bolalar viktorina va tanlovlarda faol ishtirok etishdi. .Yakuniy qismda o'quvchilar “Vatan himoyachilariga shon-sharaf” nomli adabiy kompozitsiyani taqdim etdilar.
Tadbir juda qiziqarli bo'lib o'tdi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр