Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda profilaktik tadbir

 Joriy yilning 17-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari uchun Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda profilaktik tadbir tashkil etildi.
 
 
 Tadbir doirasida Mirzo Ulug‘bek tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bosh inspektori Aziz Axmedov tashrif buyurib, kutubxona xodimlari uchun favqulodda vaziyatlarda, xususan, yong‘in sodir bo‘lganda amal qilinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik qoidalari yuzasidan profilaktik dars o‘tkazdi.
 
 Dars davomida kutubxona binosida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, o‘t o‘chirish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, evakuatsiya yo‘laklarini to‘sib qo‘ymaslik hamda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish tartiblari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yong‘in va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar ham taqdim etildi.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр