o‘z
RU
DE
Mixail Bulgakov tavalludining 135 yilligi munosabati bilan “Qoʻlyozmalar yonmaydi” nomli kitob koʻrgazmasi
Joriy yilning 13-may kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazida rus adabiyotining yirik namoyandasi Mixail Bulgakov tavalludining 135 yilligi munosabati bilan “Qoʻlyozmalar yonmaydi” nomli kitob koʻrgazmasi va bibliografik sharh tashkil etildi.
Koʻrgazmada adibning hayoti va ijodiga oid asarlar, uning jahon adabiyotidan munosib oʻrin egallagan mashhur kitoblari hamda adabiy merosini yorituvchi manbalar keng namoyish etildi.
Bibliografik sharh davomida kitobxonlarga Mixail Bulgakovning ijodiy faoliyati, asarlarining mazmun-mohiyati, badiiy xususiyatlari va adabiyot rivojidagi oʻrni haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbir kitobxonlarda jahon adabiyotiga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish, mutolaa madaniyatini targʻib qilish hamda buyuk ijodkorlar merosiga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.


