Mustaqil O‘zbekiston ramzlari

03.07.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazi kitobxonlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan “Mustaqil O‘zbekiston ramzlari” kitob ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

 Ko‘rgazma Axborot--bibliografik xizmati tomonidan tashkil etildi. Ko‘rgazmada xalqimizning madaniy-ma’naviy merosi, tarixi, maqsad va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston ramzlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar namoyish etildi. Davlat ramzlariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish har bir fuqaroning muqaddas burchidir.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi