o‘z
RU
DE
“Mustaqil Vatan: Yangi O‘zbekiston - tarixi” fotoko’rgazma
26 avgust kuni Toshkent fotosurat uyida “Mustaqil Vatan: Yangi O‘zbekiston - tarixi” fotoko’rgazmasi ochildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligini nishonlash doirasida tashkil etilib, “Bir bo’lsak-yagona xalqmiz , birlashsak – Vatanmiz ” degan bosh g‘oyani amalga oshirmoqda.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston davlat arxivlarida saqlanayotgan va davlat mustaqilligining shakllanishini aks ettirgan hujjatlar, shuningdek, 1991 yil 1- sentyabr mustaqillikni e’lon qilinishi va Yangi O’zbekiston taraqqiyotiaks ettirilganfotosuratlar namoyish etildi. Tadbirda turli vazirlik, idoralar xodimlari, fuqarolar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр