"Muvaffaqiyatli ayollar"

18.04.2023 Mirzo Ulug'bek tumani Axborot-kutubxona markazida  "Muvaffaqiyatli ayollar" dasturi doirasida bolalar yozuvchilari Yelena Makarova va Saida Rashidovalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tadbirda yozuvchilar o‘z ijodiy faoliyatlari haqida gapirib berdilar. Ozlarining mehnat mahsullari, asarlari bilan yaqindan tanishtirdilar. Uchrashuv juda qiziqarli bolib o‘tdi.

E.Makarovaning sheʼr-jumboqlari barchaga manzur boʻldi, S.Rashidova esa ozbek milliy bosh kiyimi “doppi”  doʻppi haqida qiziqarli hikoya sozlab berdi.

Tadbir yakunida Mirzo Ulugbek TAKM direktori Alimxo‘jayeva T.S. tashrif buyurgan mehmonlarga kutubxonada o`tkaziladigan tadbirlarida faol ishtiroki uchun Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazining diplomlarini topshirdi. O‘z navbatida yozuvchi mehmonlar ham  o‘z kitoblarini kutubxona fondiga sovg‘a qildilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi