Navro’z ayyomi muborak bo’lsin!

Assalomu alaykum aziz do’stlar!

Sizlarni bahoriy tengkunlik va yurtimizning yangilanish fasli hamda ajoyib Navro’z bayrami ayyomi bilan chin dildan qutlaymiz!

Ushbu kunda sizni quvonch va shodlik tark etmasin! Yurtimiz O’zbekistonning yangi yilida yangi orzularingiz amalga oshishini tilab qolamiz!

Siz uchun ushbu yil barakali yillardan biri bo‘lib qolishida, umid bilan tashlangan har bir qadamingiz esa o‘z ijobiy natijalariga ega bo‘lishida tilakdoshmiz.

Bugungi Navro’z ayyomingiz ko’tarinki kayfiyatda o’tsin! Yana bir bor Navro’z ayyomi muborak bo’lsin!

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi