“Nemis o'quv zaliga 20 yil”

2023-yil 25-may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazining Nemis tili o‘quv zalida Toshkent Gyote instituti va Mirzo Ulug‘bek tumani AKM o‘rtasidagi  20 yillik hamkorlik munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida “Nemis o'quv zaliga 20 yil” taqdimoti namoyish etildi, shuningdek, madaniyat sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi