“Nufuzli xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanish va kutubxonalarning raqamli transformatsiya darajasini oshirish”

Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 2024-yil 14-noyabr kuni O'zEkspomarkazda bo'lib o'tgan “Innoweek – 2024” doirasida “Nufuzli xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalaridan foydalanish va kutubxonalarning raqamli transformatsiya darajasini oshirish” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etishdi.

Seminarda global miqyosda kutubxonalarda qo'llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, raqamli resurslar, ma'lumotlarni boshqarish tizimlari, sun'iy intellekt, va boshqa ilg'or texnologiyalar haqida ma'lumotlar namoyish etildi.

Kutubxonalar uchun yangi tendensiyalar, texnologik yutuqlar va raqamli transformatsiyani qanday qo'llash kerakligi haqida taqdimotlar o'tkazildi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр