Ommaviy diktant

2020 yil 17 oktyabr kuni Mirzo Ulug`bek tuman Axborot-kutubxona markazida "Ommaviy diktant" bo`lib o`tdi, bu tadbir 17-marotaba o`tkazilayotgan bo`lib, bu yil dunyoning 70dan ortiq davlatlarini qamrab olgan. "Ommaviy diktant" - 2004 yilda Novosibirsk Davlat universitetida tashkil etilgan bo`lib, faol va g`amxo`r odamlar, shuningdek, sheriklikda amalga oshiriladigan jamoat loyihasi.

Ushbu loyihaning O`zbekistondagi sheriklari: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tuman Axborot-kutubxona markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o`zbek tili va adabiyot universiteti, Rossiya hamkorlik tashkilotining O`zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi, Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti va O`zbekiston Rus madaniyat markazi.

Loyiha ma`muri - Mirzo Ulug`bek tuman AKM xodimi - Jestovskix Galina Anatolyevna, notiq - 211-sonli maktabning rus tili va adabiyoti o`qituvchisi Kim Yelizaveta Davydovna bo`ldi. Loyihada talabalar, maktab o`quvchilari va Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi fuqarolar qatnashdilar. 

  

Источник: 
Информационно-ресурсный центр