O'qituvchi - yo'l ko'rsatuvchi yulduz

04.10.2023 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "1 oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni"ga bag'ishlab "O'qituvchi - yo'l ko'rsatuvchi yulduz" nomli ko'chma tadbir bilan tumanning 211-sonli maktabida bo'ldilar. Tadbir 9- sinf o'quvchilari bilan birgalikda o'tkazildi. TAKM mutaxassislari o'quvchilarga O'qituvchilarni e'zozlash, ularning berayotgan yuksak bilimlarini oqlashliklari kerakligini,davlatimiz tomonidan o'quvchilarni sifatli bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berdilar. Tadbir davomida o'quvchilar ustozlari uchun, o'zlari yod olgan she'rlari va ularga o'z tashakkurlarini aytdilar. Tadbir juda qiziqarli bo'lib o`tdi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi