"O'qituvchi - yo'l ko'rsatuvchi yulduz"

05.10.2023 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "1- oktyabr Ustoz va murabbiylar kuniga" bag'ishlab tumanning 211-sonli maktab kutubxonasida 8-9- sinf o'quvchilari bilan birgalikda "O'qituvchi - yo'l ko'rsatuvchi yulduz" nomli tadbir o'tkazdilar. TAKM mutaxassislari o'quvchilarga ustozlarni e'zozlash, ularning berayotgan yuksak bilimlarini oqlashliklari kerakligini, davlatimiz tomonidan o'quvchilarni sifatli bilim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berdilar. Tadbirda o'quvchilar ustozlar bayramiga bag'ishlab chizgan rasmlar ko'rgazmasini namiyish etdilar. TAKM mutaxassislari ustozlar haqida yaratilgan kitoblar bilan tanishtirdilar. Tadbir juda qiziqarli bo'lib o`tdi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi