"O‘zbekiston davlati – asoschisi” nomli kitob ko'rgazma

Islom Abdug‘aniyevich Karimov – Oʻzbek xalqining ulugʻ farzandi, mustaqil Oʻzbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.

Mirzo Ulug‘bek tuman Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasiga bag'ishlangan "O‘zbekiston davlati – asoschisi” nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavalludining 86 yilligiga bag'ishlangan ushbu ko'rgazmada Birinchi Prezidentimiz faoliyatini aks ettiruvchi adabiyotlar namoyon etilgan bo'lib bunda ularning siyosiy nutqlari, uchrashuvlari hamda asarlarining chuqur tahlili o'rin olgan. Ushbu asarlar yoshlarga ma’naviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, muqaddas dinimizni, an’analarimiz va urf-odatlarimizni saqlash va rivojlantirishni, bebaho tarixiy merosimizni davlat siyosati darajasiga olib chiqishga abadiy xizmat qiladi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр