“O‘zbekiston Konstitutsiyasi – hayotimizning bosh qomusi”

2023 yil 7 dekabr kuni

Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 211-maktabda “O‘zbekiston Konstitutsiyasi – hayotimizning bosh qomusi” mavzusida sayyor tadbir bo‘lib o‘tdi. AKM mutaxassislari tomonidan konstitutsiya haqidagi kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko'rgazmada O‘zbekiston Konstitutsiyasining asosiy tushuncha va tamoyillari – Konstitutsiya nima va mamlakatimizning har bir fuqarosi qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanligi, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan Yangi O‘zbekiston strategiyasi haqida ma’lumotlar joy oldi. Tadbir davomida o‘quvchilar TAKM mutaxassislari tomonidan tayyorlangan viktorina va blits-turnirda faol ishtirok etdilar. Tadbirda Konstitutsiya kuni munosabati bilan 211-maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan yorqin, bayramona konsert namoyish etildi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi