O'zbekiston oltin merosi

09.08.2023 Mirzo Ulug'bek tumani Axborot-kutubxona markazida “O'zbekiston oltin merosi” turkumidagi tadbir – Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari taqdimoti bo'lib o'tdi.

AKM mutaxassislari Navoiy asariga bag'ishlangan taqdimot va buktub-videosida asarni yanada yoritib berdilar.

Taqdimotda asarning ahamiyati va zamonaviy voqelikdagi dolzarbligi haqida takidlab o'tildi.

  Alisher Navoiy asari tahsinga loyiq fazilatlarga erishish tamoyillarini belgilab bergan holda “ma’naviy o‘zlikni takomillashtirish sirlarini” ochib beradi. Bu kitob keng foydalanuvchilar, ayniqsa, yoshlar uchun qiziqarli bo‘ladi.

Axborot-bibliografiya xizmati tomonidan buyuk adib-shoir Alisher Navoiy ijodi asosida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasiga bibliografik sharh o‘tkazildi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi