O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
6.12.2022 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati” nomli davra suhbati va kitob ko'rgazmasining bibliografik sharhi bo‘lib o‘tdi.
AKM mutaxassislari o‘z suhbatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligining yorqin timsoli, inson huquq va erkinliklari, jamiyatda tinchlik va totuvlikni
ta’minlash poydevori ekanligi haqida gapiib berdilar.
Tadbir davomida kutubxona kitobxonlari “8-dekabr – O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” nomli kitob ko‘rgazmasida namoyish etilgan Konstitutsiyaga oid kitoblar to‘plami bilan tanishdilar.
Источник:
Axborot-kutubxona markazi