O'zbekiston Respublikasi Xalq shoiri Aleksandr Arkad'evich Faynberg (1939-2009) tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan

2024-yil 5-noyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Mirzo Ulug'bek AKM mutaxassislari va “Danko” adabiy-ijodiy birlashmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Xalq shoiri Aleksandr Arkad'evich Faynberg (1939-2009) tavalludining 85 yilligiga bag'ishlangan adabiy kecha bo'lib o'tdi.
Adabiy kechada “Danko” adabiy-ijodiy birlashmasi a'zolari juda faol ishtirok etishdi va shoirning asarlaridan namunalar keltirib, she'rxonlik o'tkazishdi. Shu jumladan, kechada shoirning adabiyotdagi o'rni, ijodi va uning zamonaviy adabiyotga ta'siri muhokama qilindi. Faynbergning asarlari, uning yozuvchilik uslubi va qarashlari haqida ham gapirib o'tildi.
Tadbir ishtirokchilari shoir bilan shaxsan yuzma-yuz kelganliklari haqida va u bilan bo'lib o'tgan qiziqarli voqea-hodisa va ma'lumotlar bilan bo`lishishdi.
 
Источник: 
Информационно- библиотечный центр