O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan ayollari”

15.10.2023

Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi Toshkentdagi Rus madaniyat markazida “O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan ayollari” – nomli tadbirda ishtirok etdi. Tadbir afsonaviy arbob, sovet va oʻzbek televideniyasining diktori - Melnikova Galina Vitalyevna bilan bo'lib o'tdi. Galina Vitaliyevna 60 yildan ortiq umrini sevimli ishiga bag'ishladi, o'zining jozibasi, yorqin shaxsiyati va unutilmas ovozi bilan bir necha avlod teletomoshabinlarining sevgisi va e'tirofiga sazovor bo'ldi. Galina Melnikova davlat va xalqaro mukofotlarga sazovor bo'lgan. O‘zbekiston xalq artisti unvoni, “Doʻstlik” ordeni, Pushkin medali (xususan, madaniy merosni oʻrganish va asrab-avaylash, xalqlar va elatlar madaniyatini yaqinlashtirish va oʻzaro boyitishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun) shular jumlasidandir. Tadbir yakunida ishtirokchilar TAKM mutaxassislari tayyorlagan “O'zbekistonning taniqli ayollari" nomli kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi