"Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi"

2024-yil 19-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi" mutaxassislari Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, axborot-kutubxona markazi va kutubxona fondi bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif doirasida, muzey mutaxassislari kutubxona faoliyati, uning resurslari, xususan kutubxona fondi va axborot xizmati bilan tanishib, o'zaro tajriba almashdilar.
Tashrif davomida muzey mutaxassislari kutubxona xodimlari bilan hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, qatag'on qurbonlari haqidagi ma'lumotlarni izlab topish, ko'paytirish va keng ommaga tarqatish borasida fikr almashdilar. Bu kabi tadbirlar, kutubxona va muzeylar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, o'zaro manfaatli ishlarga yo'l ochishga hissa qo'shishi ta'kidlab o`tildi.
 
Источник: 
Информационно- библиотечный центр