“Raqamli kutubxonlik” mavzusida elektron kutubxona imkoniyatlari bilan tanishish bo‘yicha seminar

 Joriy yilning 17-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida AKT mutaxassislari tomonidan “VI Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Raqamli kutubxonlik” mavzusida elektron kutubxona imkoniyatlari bilan tanishish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
 
 
 Seminar davomida ishtirokchilarga zamonaviy elektron kutubxona tizimlari, raqamli resurslardan samarali foydalanish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, elektron kitoblarni izlash, yuklab olish va ulardan foydalanish tartiblari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
 
 Tadbirda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining “Gidromelioratsiya” fakulteti 1 va 2-bosqich talabalari faol ishtirok etdilar. Ular raqamli kutubxona imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Источник: 
Информационно- библиотечный центр