Rasul Gamzatov – Dog‘iston xalq shoiri

17.08.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani axborot-kutubxona markazida Toshkent shahridagi “Rus uyi” bilan hamkorlikda Dog‘istonlik mashhur adib Rasul Gamzatov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilariga yozuvchining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Rossotrudnichestvo”ning O‘zbekistondagi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan taqdimot taqdim etildi. Tadbirga AKM axborot-bibliografik xizmati tomonidan “Rasul Gamzatov – Dog‘iston xalq shoiri” nomli kitob ko‘rgazmasi tayyorlanib, bibliografik sharh o‘tkazildi.

Tadbir davomida shoirning she’r va qo‘shiqlari yangradi. Rasul Gamzatov mashhur “Turnalar” she`riga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konservatoriyasi talabasi Jumayev Doniyor ajoyib talqinda qo`shiq kuylab, barchaga unutilmas zavq taqdim etdi. Tadbir ishtirokchilari adib asarlari asosida o‘tkazilgan adabiy viktorinada faol ishtirok etdi.

Ushbu tadbir adibning o‘z asarlarida onaga, ayol siymosiga katta e’tibor bergani bois ham, kutubxonada o‘tkaziladigan"Kitobxon onalar kuni"ga bag`ishlab o`tkaziladigan tadbirga ulanib ketdi. Tadbir ishtirokcilari "ONA" so`ziga qalblaridagi tariflarni qog`ozga tushurib berdilar. Tadbir domgidanda qiziqarli va sermazmun bo`lib o`tdi.

 

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi