o‘z
RU
DE
"Sehrli ertaklarga sayohat" nomli kitob ko'rgazma/
Kitoblar qalbimizni ilitadi, ko‘nglimizni yoritadi, baxtli va saodatli, nurli kunlarga boshlaydi. Dunyoni faqatgina ilm bilan zabt etish mumkin ekanligi haqidagi asl haqiqat bugun hech kimga sir emas. Ilmni mustahkam egallashning yo‘li esa bitta, ya’ni – kitob o‘qish.
Joriy yilning 2-aprel kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida "2 aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni" munosabati bilan "Sehrli ertaklarga sayohat" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Ushbu ko'rgazmada asarlar, ertaklar, maqollar, hikoyalardan iborat bo'lgan adabiyotlar hamda bolalar ensiklopediyalari o'rin olgan.
Yangi O‘zbekiston bolalariga atalgan kitoblar hayot maydonining eng yuksak cho‘qqisiga chorlab turadigan porloq mash’alaga o‘xshaydi. Ularning har bir sahifasi farzandlarimizni izlanishga, intilishga, yangiliklar yaratishga chorlab va hamisha ilhomlantirib turadi.