o‘z
RU
DE
“Siz kitobning uyini bilasizmi?”
“IV Respublika Kitobxonlik haftaligi” doirasida, “Kitobsevar millat” shiori ostida o'tkazilayotgan haftalikning 3-kunida kutubxona bo'ylab sayohat!
2024-yil 24-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Ochiq eshiklar kuni” loyihasi doirasida “Siz kitobning uyini bilasizmi?” nomli tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirga 71-sonli maktabning 4-sinf o'quvchilari tashrif buyurdilar va kutubxonadagi o'quv zallari bo'ylab ekskursiya uyushtirdilar.
Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan "O'qish zarar emas - o'qimaslik zarar" nomli taqdimoti namoyish etildi va kitobxonlarga kutubxonadan foydalanish qoidalari, kerakli kitobni qanday tez topish mumkinligi, uning afzalliklari to'g'risida mal'umot berildi. O'quvchilar "Kitob qahramonini toping?"nomli viktorinada faol ishtirok etdilar.