“Tarixda qolgan nom”

2024-yil 5-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Tarixda qolgan nom” tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir O‘zbekiston teleradio va televideniyada qator ko‘rsatuvlar muallifi va rejissyori, jurnalist va yozuvchi - Mastura Abdurahimovna Isxakova bilan bo'lib o'tdi. Tadbir O‘zbekiston ilm-fani, adabiyoti va san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan taniqli ayollar – O‘zbekiston arboblari haqidagi turkum tadbirlarning boshlanishidir. Tadbir davomida muallifning “Navro‘z”, Zulfiya va Hamid Olimjon nomli hujjatli filmlaridan lavhalar namoyish etildi, ular haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, filmlar yaratilishi va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlarni so‘zlab berdi.

Tadbir davomida "DIPLOMAT INTERNATIONAL SCHOOL" o‘quvchilarining chiqishlari yorqin va qiziqarli bo‘ldi. Ishtirokchilar Isxakovlar oilasining hayoti va ijodiga bag'ishlangan kitob ko'rgazmasi bilan tanishdilar. Tadbir yakunida AKM mutaxassislari o'quvchilarga kutubxona zallari bo‘ylab ekskursiya o‘tkazdilar.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр