o‘z
RU
DE
“Telegrafdan 5G gacha” nomli ma’rifiy ekskursiya
2026-yil 22-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman AKM mutaxassislari tomonidan “Yosh kitobxon” klubi a’zolari bilan birgalikda Oʻzbekiston Aloqa tarixi muzeyiga “Telegrafdan 5G gacha” nomli ma’rifiy ekskursiya tashkil qilindi.




✨️Ekskursiya davomida klub a’zolari “Rivojlanish daraxti” shaklida tasvirlangan aloqa taraqqiyoti tarixi bilan tanishdilar. Ushbu kompozitsiyada sohaning barcha bosqichlari aks ettirilgan bo‘lib, axborotni choparlar orqali yetkazish, kabutar pochtasi, olov va tutun orqali signal berishdan boshlab, pochta aloqasining dastlabki davri — telefon, telegraf, radio, televideniye hamda bugungi kunga kelib elektron pochta, internet, mobil aloqa va interaktiv televideniyagacha bo‘lgan rivojlanish jarayonlari yoritib berildi.
✨️Ekskursiya davomida “Yosh kitobxon” klubi a’zolari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
