"Vatan himoyachilari - doimo e'zozda"

13.01.2023 y. Vatanni qo'riqlash, uni e'zozlash har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Bizning har doim tinch va osuda hayot kechirishimizda ayniqsa vatanimiz himoyachilarining hissalari beqiyos.

Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan "Vatan himoyachilari - doimo e'zozda" nomli kitob ko'rgazmasi tayyorladilar. 

Ko'rgazmada vatanimiz tinchligi va farovonligi uchun kurashgan buyuk sarkardalar, hamda hozirgi kun mard o'g'lonlari haqidagi kitoblar va qiziqarli ma'lumotlar joy olgan.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi