o‘z
RU
DE
Vatan himoyachilari doimo e’zozda
Joriy yilning 14-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 18-umumta’lim maktabida boʻlib, “Vatan himoyachilari doimo e’zozda” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazdilar.


Tadbirda Vatan himoyachilarining jasorati, fidoyiligi va mardligi haqida soʻz yuritilib, yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan mavzuga oid taqdimot, kitoblar koʻrgazmasi va kitoblar koʻrgazmasining bibliografik sharhi oʻtkazilib, oʻquvchilarga harbiy-vatanparvarlik ruhidagi adabiyotlar tanishtirildi.
Tadbir jarayonida oʻquvchilar faol ishtirok etib, Vatanga sadoqat, tinchlikni asrash va uni himoya qilish barchaning muqaddas burchi ekanligi haqida muhim tushunchalarga ega boʻldilar.
Tadbir soʻngida oʻquvchilar viktorina savollariga chaqqon va faollik bilan javob berib esdalik sovgʻalariga ega boʻldilar.
Источник:
Информационно- библиотечный центр
