Vladimir Rasputinning “So'nggi muddat” kitobiga bag‘ishlangan anjuman

 28.03.2022-yil Mirzo Ulug‘bek tumani AKMda Rossiyaning O'zbekistondagi hamkorlik tashkiloti ishtirokida V. Rasputinning “So'nggi muddat” kitobiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada 211-maktab, 294-maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari hamda “International House Tashkent” litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida yozuvchi hayoti va ijodiga bag‘ishlangan TAKM mutaxassislari tomonidan tayyorlangan "Vladimir Rasputin -
yozuvchi publitsist 85-yilligiga bag'ishlab" nomli elektron  kitoblar ko‘rgazmasi namoyish etildi va kitoblarga bibliografik sharh berildi.

Tadbirda rus tili o'qituvchisi Lola Shakirovna Alimova o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

 Konferensiya juda qiziqarli va qizg'in o'tdi, talabalar o'z fikrlarini bildirishdi.

Rossiyaning O'zbekistondagi hamkorlik tashkiloti o'quv va ta'lim dasturlari koordinatori Irina Vladimirovna Suljina konferentsiyaga tayyorgarlik ko'rganliklari va faol ishtirok etganliklari uchun tadbir ishtirokchilariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

 Rossiyaning O'zbekistondagi hamkorlik tashkiloti tarafidan kutubxonaga bolalar va yoshlar uchun kitoblar sovg'a qilindi.

 

Источник: 
Информационно-библиотечный центр