o‘z
RU
DE
Xalq shoiri Rauf Parfi
2023 yil 7 noyabr kuni
Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida, O'zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi tavalludining 80-yilligi munosabati bilan "Nozik tuyg'ular kuychisi" deb nomlangan tadbirda ishtirok etdilar. Tadbirda Toshkent shahar "Bilim" axborot- kutubxonasining mutaxassislari Rauf Parfi hayoti va ijodi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar berdilar. Tadbir erkin suhbat asosida bo'lib o'tdi. She'riyatga oshno bo'lgan ishtirokchi mutaxassislar Rauf Parfi sheʼrlaridan o'qib, davra qatnashchilariga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladilar.
Источник:
Axborot-kutubxona markazi