"Xon atlas" festivali

28.09.2023 y. Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi yurtimiz bo'ylab o'tkazilayotgan "Xon atlas" festivali doirasida Mirzo Ulug'bek tumanining "Oqila ayollar" harakati a'zolari hamda faol xotin-qizlar bilan birgalikda "Milliy qadriyatlar tarannumi" deb nomlangan tadbir o'tkazdilar. Tadbirda Diplomatiya universiteti professori, olima ayol Sultonova E'tibor Sidikovna, "Oqibat" MFY raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani deputati hamda "Lashkarbegi" MFY faollari milliy qadriyatlarimiz, hamda Yangi O'zbekistonda xotin-qizlarning tutgan o'rni va huquqlari haqida ma'ruza qildilar.
Tadbir ishtirokchilari "Milliy qadriyatlar tarannumi", hamda "Ayol jamiyat gultoji, borliq ko'zgusi, millat tarbiyachisi!" nomli kitob ko'rgazmalari bilan tanishdilar.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi