o‘z
RU
DE
Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi
Joriy yilning 10-may kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida Xotira va qadrlash kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi O.G'.Bordovskiy, "Lashkarbegi" MFY faxriylar jamiyati raisi Z.M.Rasuliy, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi G'.Bag'dasarova, "Danko" adabiy-ijodiy birlashmasi a'zolari hamda 211-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida rejissyor D.Isxaqov tomonidan suratga olingan "Urush bolalari" filmi namoyish etildi.
Ushbu kartinada O'zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaga qo'shgan hissasi haqida hikoya qilinadi. Filmning asosiy mavzusi urush yillarida O'zbekistonga evakuatsiya qilingan bolalar taqdiri va ularning ko'pchiligi o'z vatanini shu yurtda topganligi.
Filmdan so'ng 211-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari she'rlar o'qib, "Katyusha" qo'shig'ini kuylashdi.
"Danko" klubi a'zolari Ikkinchi jahon urushidagi qahramonlik, mardlik va vatanparvarlik mavzularidagi she'rlarni o'qib berdilar va Bulat Okudjava qo'shiqlari ijro etildi.
Bu tadbir yoshlar qalbida muhim tarixiy voqealar xotirasini saqlash uchun ajoyib voqea sifatida muhrlandi.