Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda

05.05.2023 Mirzo Ulug‘bek tumani Axborot-kutubxona markazi 211-sonli umumta’lim maktabida Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali tadbirda “Ozbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan galabaga qoshgan hissasi” nomli kitob korgazmasi bilan ishtirok etdi. Korgazmada urush yillari va urush qahramonlari haqidagi kitoblar namoyish etildi.

Tadbirda “Traktorsozlar” MFY, Belarus milliy madaniyat markazi vakillari, urush faxriylari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-musiqa akademik litseyi kursantlari ishtirok etdi

So‘zga chiqqanlar barcha oquvchilarni, faxriy mehmonlarni  ehtirom, iftixor, Vatan himoyachilariga chuqur minnatdorlik va hurmat bayrami – 9-may umumxalq bayrami bilan tabrikladi

 O‘zbekistonning fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasi ta’kidlandi

 211-maktab o‘quvchilari tomonidan yorqin bayram kontserti tayyorlanib, unda urush yillari she’r va qo‘shiqlari yangradi

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi