Yangi kitoblar bilan tanishing

05.07.2023 Mirzo Ulug'bek tumani Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon ona – kitobxon bola” doirasida “Yangi kitoblar bilan tanishing” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
AKM mutaxassislari tomonidan kitob koʻrgazmasi tayyorlandi va kitoblarga bibliografik sharh oʻtkazildi

Ko'rgazmada eng kichik kitobxonlar qiziqarli sarguzashtlar, ertaklar va hikoyalar bilan tanishishdilar

Kitobxon onalarga farzand tarbiyasi, qanday qilib muvaffaqiyatli ayol bo‘lish mumkinligi haqidagi kitoblar va boshqa ko‘plab ilmiy, o‘quv va badiiy janrdagi kitoblar tavsiya etildi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi