“Yangi kitoblar bilan tanishing”

2023-yil 9-oktabr kuni Mirzo Ulug'bek tumani axborot-kutubxona markazi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan berilgan kitoblar to'plamiga “Yangi kitoblar bilan tanishing” nomli kitoblar ko'rgazmasi va kitoblarning bibliografik sharhini o'tkazdilar. TAKM axborot-bibliografik xizmati mutaxassislari tomonidan yangi kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, unda “Turkiy adabiyoti durdonalari” kitoblar turkumi taqdim etildi. Tadbir “O‘zbekistonning oltin merosi” rukni doirasida bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad yoshlarni O‘zbekiston va Markaziy Osiyo adabiy qadriyatlari bilan tanishtirishdan iborat. Ajoyib adabiy turkum o'quvchilarni Muhammad Rizo Ogahiy, Uvaysi, Nodira va boshqa ko'plab mashhur shoir va yozuvchilar ijodi bilan tanishtiradi.

 

Источник: 
Информационно- библиотечный центр
86724868