"Yangi O'zbekiston kutubxonadan boshlanadi"

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Mirzo Ulug'bek tuman axborot-kutubxona markazida "Yangi O'zbekiston kutubxonadan boshlanadi" nomli kutubxona darsi bo'lib o'tdi.

Usbu tadbirda tumandagi 50-maktab o'quvchilari, maktab kutubxonachisi Maksim Borisovich, o'qituvchilar va ota-onalar faol qatnashdilar.

Mutaxassislar tadbir ishtirokchilariga axborot-kutubxona haqida ma'lumot berbilar va kutubxona bo'ylab ekskursiya o'tkazdilar.

Tadbir davomida o'quvchilar mutaxassislar tomonidan tayyorlangan qiziqarli viktorina savollariga topqirlik bilan javob berdilar.

Tadbirda faol qatnashgan o'quvchilar kitob bilan taqdirlandi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр