“Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari”

13.09.2023 “Lashkarbegi” mahalla fuqarolar yig‘inida Mirzo Ulug‘bek tumani  axborot-kutubxona markazi tomonidan “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yangi O'zbekistonda “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyili asosida islohotlarni amalga oshirilmoqda. Shu bois mamlakatimiz inson huquqlarining munosib himoyasini ta’minlashni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. Davra suhbatida ayollar huquqlari, ayollarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi rolini oshirish, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy sohalarda ularning manfaatlarini himoya qilish kabi ulkam masalar haqida qizgin suhbat olib borildi. Davra suhbatida AKM mutaxassislari tomonidan “Adolat – qonun ustuvorligi” kitob ko‘rgazmasi tayyorlandi. Ko`rgazmada ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat sohasidagi inson huquqlariga oid kitoblar taqdim etildi.

Источник: 
Axborot-kutubxona markazi