Yangi yilda kitob bilan birga.

2023-yil 22-dekabr kuni Rus madaniyat markazida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Yangi yilda kitob bilan birga” deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi. Kitob nashrlarining yangi yil xit-paradi tadbir ishtirokchilariga, ertaklar va sarguzashtlar yurtiga maroqli sayohat qilish, hamda “Ertak qahramonini top”, “Yangi yil kaleydoskopi” adabiy viktorinalarida qatnashishlariga imkon yaratdi.Tadbir davomida ishtirokchilar kichik muzeyga ham tashrif buyurishdi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр