Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi

Joriy yilning 23-sentyabr kuni o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining 2-bosqichida Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazi xodimi Abdusalomova Ro‘zigul faol ishtirok etdi.

Mazkur tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalari, nutq madaniyati, kitobxonlikka bo‘lgan munosabati hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Bunday tanlovlar axborot-kutubxona sohasi mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarini ommalashtirish hamda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Источник: 
Информационно- библиотечный центр