o‘z
RU
DE
Yosh kitobxon
8-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek tuman axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobxon” klubining eng yosh a’zolari ishtirokida qiziqarli va mazmunli tadbir tashkil etildi.




Tadbir davomida bolajonlar kutubxonamiz fondida mavjud o‘z yoshlariga mos ertaklar, hikoyalar va boshqa qiziqarli bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, kutubxonada mavjud turli didaktik o‘yinlar va o‘quv materiallaridan foydalanilgan holda qiziqarli o‘yinlar hamda bellashuvlar o‘tkazildi. Yosh kitobxonlar o‘zlarining bilimlari, zukkoligi va faolliklarini namoyon etdilar.
Tadbir bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
